Arab fathidan so’ng musulmon diniy binola-ri - masjid, Madrasa, maqbara va honakolarning roli oshib bordi. Termiz ravnak, topgan XI -XII va XV -XVI asrlarda ular bu erda jadal bunyod etildi.
Masjidlar. Masjidlariing uch asosiy tipini ajratib kursatish mumkin. Bular: mahalla mas-jidlari, jome masjidlar va namozgoh (iyd-goh,, musallo) masjidlar.

Jome masjidlar ikki hil bo’lgan. Birinchi hili -- O’rtasida chor atrofi ustunli ayvon bilan uralgan hovli li katta bino. U rivojlangan O’rta asrlardan boshlab Markaziy Osiyo jome masjid-larning klassik namunasi bo’lgan. Jome masjid-ning ikkinchi hili kup ustunli, chor tomondan ural¬gan keng ta lor bo’lib, tomi bir necha gumbaz yoki vassajuft bilan yopilgan.

Bu hil jome masjid¬lar uncha keng yoyilmagan, ayrim namunalar orqaligina bizga ma`lum.
Surhondaryodagi dastlabki kup ustunli masjid-lardan biri Termiz yakinidagi Sopollitepa mas-jidi bo’lib, XI asrga oiddir. Binoda kup ustunli talor bo’lib, 43x25 metr ulchamli tuhum¬simon chuzik maydonni band etgandi. Bu erda pi-shik g’ishtdan kilingan 50 dan ziyod poy-ustun anik;-langan. Ularning kesimi kvadrat (90h90sm) bo’lib, har uch metrga muntazam kuyilgan.
CHagonisnda bozor O’rtasida ustunlari pishiq g’ishtdap qurilgan ravoksiz (vassajuft bilan tekis yopilgan bo’lsa kerak) "guzal" masjid ham, manbalar (Istahriy va al-Makdisiy)ga kura, shu-naka mujassamotga ega bo’lganga ^hshaydi.
CHorsutun masjidi (X asr) muayyan davrlarda jome va ba`zida namozgoh masjid vazifasini bajargan kurinadi.
Bu masjid tarhi murabba (tahminan 10x10 metr), hovli burchagida joylashgan, bostirma si-fatidagi ustun-gumbazli inshoot bo’lgan. Fap6 va janub tomondan u hom g’ishtdan ko’tarilgan devor bilan butunlay to’silgan, shimol va sharq to¬mondan esa ravok ayvon orqali hovliga qaragan. Talor ichida pishiq g’ishtdan terilgan diametri bir metr li to’qqizta ustun bo’lib, pishiq, g’ishtdan kilingan to’qqiz gumbaz li tomni kutarib turardi. XI asrda masjidning boshqa burchagida pishiq G’isht¬dan minora tiklanib, upga 1032 yil sanasi yozil-gan, shuningdek masjid ta`mirlangan. Hom g’isht terilgan sahn, devor, shu jumladan mehrob ham pishiq, g’isht bilan qoplangan. Janubi-g’arbiy devor markazida joylashgan mehrob takdsimon tah-mondan iborat bo’lib, shu erga yak.in joylashgan, hom g’ishtdan kilingan Kurgon kushki singari kun-gura bilan bezatilgan. Katta masjid keyinrok qurilgan masjidlar sirasiga kiradi. U XVIII -XIX asrlarga oid bo’lib, Termiz yakdnidagi O’rtaovul kdshlorida joy-lashgan. Bu tarhi murabba (h,ar bir tomoni 14 metrdan) bo’lgan hochsimon gumbazli zali hamda burchaklarida gumbazli to’rtta honasi bo’lgan, hom g’ishtdan terilgan inshootdir. Markaziy galorning usti poronali charhi gumbaz bilan yopilgan. Mar¬kaziy o’tish yo’llari nimbalhi gumbaz, burchaklar-dagi honalar balhi gumbaz bilan yopilgan. Mas¬jid zaliga mehrob joylashgan garbiy devordan tashkdri barcha tomondan kiriladi. Masjid ichi charhi gumbaz va balhi gumbaz tepasidan ochilgan tuynuklar orqali yoritiladi.
SHuni ta`kidlash zarurki, masjidlarning keng tarkalgan to’rtinchi turi kddamjolar, maqbaralar yonidagi masjidlar edi. Ular, keyingi sahifa-larda ushbu masjidlarning tarkibiy qismi sifa-tida kurib chiqiladi.
Minoralar. Azon aytib, musulmonlarni namoz-ga chorlashda hizmat kdlgan minoralar jome mas¬jidlarning ajralmas qismi bo’lgan. U rta Osiyoda-gi dastlabki minoralar saqlanib qolmagan,

biroq ular hom g’ishtdan kurilib, keyinchalik ayrimlari pishiq g’isht bilan qoplangani ma`lum. XI asr-dan boshlab minoralarning kupi butkul pishiq, g’ishtdan ishlanib, bir necha gorizontal belborla-riga epigrafik bezak berilgan. Minoraning yuza-siga g’isht naqshinkor terilgan, nakgshsh mukarnas-dan burtma gul li gorizontal belbor kilingan.

Bu unsurlar hozir saqlanib qolmagan jome mas¬jidlarning bir qismi bo’lgan. Buzilmay qolgan ayrim minoralar (masalan, Buhoroda Kalon minorasi, Vobkent va Jarkurgondagi minoralar) hozir ham O’rta Osiyoning kator mintakdlarida alohida holda ko’kka bo’y chuzib turibdi.Termizdagi CHorsutun masjidi yonidagi uncha kat-ta bulmagan, hozir buzilib ketgan minora shun-daylardan edi. XX asrning dastlabki uttiz yilida ham ushbu masjid harobalari uzra ko’kka intilib turgan bu minora O’rta Osiyodagi pishiq; g’ishtdan ishlangan kadimgi minoralardan biri bo’lgan. Baland ligi 13 metr va diametri 3 metr bo’lgan cilindrsimon tanasi sakkiz qirrali poydevorda turgan. Bu - O’rta Osiyodagi yagona silindrsimon minora, chunki qolgan barcha minoralar konussimon bo’lib, yuqoriga qarab biroz ingichkalashib boradi. -->>

 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz