Qadim
zamonlardan buyon kelayotgan afsonalarda Termiz-ning fojia va ajib
taqdiri sadolari eshitiladi. Ulardan birida shaharga Makedoniyalik
Aleksandr poydevor qo’ygani hikoya qilinsa,boshqasida shahar
ancha oldin hammavjud
bo’lgani,mazkur
sarkarda uni qamal etganida Termiz aholisi shaharni shoh
Kashtasa boshchiligida
mudofaa kilgani aytiladi.
Minglab yillar davomida mavjud bo’lgan
shahar jahondagi ko’plab halqlar tillarida turlicha
nomlanib kelgani ham uning tarihi uzoqligidan dalolat beradi.
Ayrim olimlar "Termiz"
nomini sanskritcha "Taro-mato" so’zi bilan bog’lashadi,
bu "daryo ortida" degan ma`noni bildiradi. Boshqqlar esa
yunon-baqdriya podshosi Demetriy nomi bilan borlab, u keyinchalik
Darmit Tarmid at-Termiz va hokazo shaklga o’zgargan, deyishadi.
Bu nomlarda go’yo uning betakror va nodir, taqdir nayranglariga
qaramay, hali ham davom etib kelayotgan hayoti inikos etgandek.
Uning makon va zamondagi siljishi-chi! Bosqinchilar
bu shaharning kulini ko’kka necha bor sovurishmasin, har gal
kultepadan qad ko’tarib, gullagan shaharga aylandi. "Madinat
ur-rijol" iborasi zarb qilingan tangalar ham, bitilgan qo’lyozmalar
ham buning guvohidir.
V.A.Livshic hamda E.V. Rtveladze aniqlagan
hayratomuz dalilga ko’ra, milodning I-II asrlarida Termiz
hududida bir vaqtning o’zida olti hil oromiy, baqtriyona,
kharoshthi, brahma, parfiyona va "noma`lum" deb ataladigan
yozuvlar istifoda bulgan ekan.
Termizda
yashab, o’lmas asarlar yozib qoldirgan ulug’
shahslarni aytmaysizmi! Ularning fojia va yorkin hayotlariga
qarabshaharning og’ir qismati haqida fikr yuritish
mumkin. Abu Abdulloh Muhammad Hakim at-Termiziyning asarlaridan
birida uning
tarjimai holiga oid bitilgan kuyidagi chizgi bundan
dalolat beradi: «Men avvaldan niyat qilib biron harf ham qog’ozga
tushirmaganman, lekin taqdir yoziri bilan boshimga og’ir kun
tushganida asarlarim ovunchog’im bo’lgan". Aftidan,
ko’plab sufiyona-falsafiy asarlar yozgan va ular orasida sufiylik
hamda sufiylar to’g’risida dastlabki tarihiy-biografik
asari ham bo’lgan termizlik bu mutafakkirning boshiga og’ir
kun juda ko’p tushganga o’xshaydi. Shuning uchun halq
uni "Termiz ota" deb ardoqlaydi hamda shaharning ma`naviy
homiysi sifatida muqaddas sanaydi. O’rta asrlar Sharq adabiyotiga
kirgan hamda marmar qabrtoshda bitilgan lavhada muhrlangan Hakimi
Termiziy rutbasi e`sa "Termiz donishmandi" ma`nosini bildiradi.