Termiz O’rta Osiyodagi kelib chiqishi va tadrijiy taraqqiyoti bir joyda kechmay, o`zi mavjud bo`lgan barcha davrlarni aks ettiruvchi madaniy qatlamlar birin-ketin tunlanib, qadimshunos ko`z oldida zamonlarning o’zluksiz almashinuvini namoyon qilgan shaxarlar jumlasiga kiradi.

Bu shaxar vujudga kelgan davridan boshlab, 1220 yilda CHingizhonning xalokatli bosqiniga qadar yoki Termiz shahri o`rnida hukm surgan dastlabki davrida bir joyda rivojlandi.
shundan so`ng yangi shaxar, afsonaviy qaqnus qushi singari, otashu qo’l o’zra qayta tirilib, eski shaxardan sharqrokda, Surxandaryo vodiysida qad ko`tardi. Buni o`z ko`zi bilan ko`rgan, Kastiliya qiroli Genrih III nish Amir Temur saroyidagi elchisi Rui Gonsales de Klaviho bu xaqda juda yaxshi ma`lumot yozib qoldirgan: "... (Termizga) kirgach, xamma vaqt har hil narsa sotilayotgan maydonlar va syerodam kuchalar orqali o’tib, o’zok vakt yurib, alam bilan o’z manzilimizga keldik".
Sung shaxar yana joydan joyga ko’chdi. XIX asrdan boshlab Termiz shahri kech o’rta asrlardagi shaxardan janubrokda, Amudaryoga yaqin joyda qurilib, rivojlandi.
shunday qilib, Termiz deganda ulkan quramani turli davrlarga oid bo’lgan tarkibiy qismlari Surhondaryo bilan Amudaryo oralig’idagi uchburchak ichidagi keng hududda joylashgan katta Termizni tushunmoq kerakki, uning tarixi ayni Termiz tarixidir.
Bunday quramalik O’rta Osio shaxarsozligining o’ziga hos hususiyatidir. Masalan, Sug’diyona-dagi Maroqand - Samarqand, Marg’iyonadagi Marv, Bayramali, Chochdagi Binkat -Tashkent, Nah-shabdagi Nasaf - Qarshi shunday qurama shaharlardan.
Bir qurama ichidagi bunday ko’chishlarning sababi hilmahil: biri vayrongarchilik keltiruvchi urushlar tufayli ko’chgan bo’lsa, boshqasi suv ta`minoti manbalarining o’zgarishi, ijtimoiy va diniy buhronlar tufayli ko’chgan.Termiz afsonalarga g’arq bo’lgan Baqtriya viloyatining qariyb qoq ko’ksida, buyuk daryo ma`bu-di Oahsho marhamati bilan minglab yillar davomida obiravonni shimolga, Zardushtning buyuk marhamati ila farovon bo’lgan, yanada afsonavorroq Horazm zaminiga eltgan qudratli Oks-Jay-hun Amudaryo sohilida joylashgan.
Bir necha ming yillar avval, jez davrida ushbu daryoning har ikki tomonida ajoyib Baqtriya si-vilizatiyasi tarkib topdi va u keyinchalik sharq va G’arb: qadimgi sharq, yeron, ellin, kindbudda, turkiy va arab musulmon sivilizatsiyalari yonmayon hukm surib kelgan buyuk sharq madaniyatlari markaziga aylandi.
Baqtriyaning poytahti, o’sha paytda yangi nom bilan Bohlo (o’rta asrlardagi Balh shundan ke¬lib chiqqan) deb atala boshlagan Baqtrani bosib olgan arablar Baqtriyaning minglab yillik tarixini, Baqtriya
poytahti, boshqa baqtrya shaxarlarini shonli va buyuk tarix yo’liga solgan asoschisi bo’lmish bu shahxarni "Ummul balad" "shaxarlar onasi" deb atadilar. Ba`zi shaxarlar tarix tomonidan o’zi uchun atalgan muddatni yashab bo’lib, o’zoq o’tmishda yo’qlikka yo’z to’tgan, boshqalari esa tarix murakkabliklarini yengib o’tib bugungi zamonga qadar yashab keldi hamda zamonaviy shaxarlarga aylandi. -->>





 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz