Hom g’ishtdan tiklangan bir hadli bir gumbaz¬li bu maqbaralarning hajmiy-makoniy mujassa-moti hamda tarhining tuzilishi umumiyligiga kara-may, ularning h,ar biri bezaklari, bosh tarzining hamda baralning ishlanishiga kura o’ziga hosligi bilan ajralib turadi.

Valiylik makomiga erishgan shahslarning mak,-baralari pishiq gishtdan monumental mujassamot-da ishlangan hamda turli davrlarda qurilgan bosh-ka imoratlarni ham uz ichiga olgan. Bu imoratlar-dan eng yirigi maqbaraga yondosh masjid bo’lgan.
Surhondaryoda juda mukaddas sanaladigan Hoja Iso macbara-masjidini shundaylar katoriga kiritish mumkin. Bu erda musulmon Sharqdda uz asarlari bilan mashhur bo’lgan mutakallim, mu-haddis Muhammad ibn Iso at-Termiziy dafn etil-gan. Maqbara SHeroboddan janubi-sharqda 6 kilo¬metr masofada joylashgan. U tarhi turri to’rtbur-chak bo’lgan u ch gumbazli inshoot bo’lib, to’rtta honasi biridan biriga o’tadigan tarzda joylash¬gan. Tarhi murabba bo’lgan uchta kdsmning ustiga gumbaz ishlangan, ichkaridan keng ravokli yo’lak-lar bilan uzaro birlashgan. To’rtinchi hona -maqbaraga janubi-sharqdan tutashuvchi miyonsaroy. Uning sahni butun inshoot sahniga nisbatan chu-kurrok. Kubbali uzun miyonsaroy ustida, ikkinchi qavatda nisbatan past kubbali hona kilingan, unga tashqaridan zinapoya orqali chiqiladi. Miyonsa-roydan dahmaga kiriladi, u erda eski sagana urni-ga yakinda Hakim at-Termiziy maqbarasidagi XV asr saganasiga uhshatib ishlangan yangi marmar sagana kuyilgan. Dahmadan keng ravok orqali mas¬jid kurinib turadi, uning markaziy qismida mehrob bo’lib, g’arbiy devordan tashkari har bir ukda joylashgan yo’l orqali unga o’tish mumkip. Gum¬bazli uch kiem konstrukciyasi va bezagi sipo hamda lun da: charhi gumbazni kutarib turgan sakkiz kir-rali bagal chortok ustiga utirgan. Binoning uzun tarzi «P»-simon hoshiyaga olingan olti ravokli tokchaga ajratilgan. Ravok sarrovi uning tagiga-cha chorgulsimon uyma detallar bilan naqshlan-gan, devorining yuzasi ichkarida ham, tashkarida ham g’isht kurinadigan kilib qoldirilgan, chokla-riga ganch bosilgan. So’ngi ta`mirlashda ich¬kari devorlari islimiy va kitoba naqshlar uyil-gap kupolrok kalin katlam bilan qoplangan.
Zulkifl macbarasi joylashgan binoni ham murakkab tarkibli maqbaralar sirasiga kiritish mumkin. Murakkab nomutanosib tarhli to’rt hadli bu bino turli davrlarda qurilgan gumbazli hona-lardan iborat. Ular 1977 yilda 3. A. Arshavskaya va E.V.Rtveladze tomonidan batafsil tekshirilgan.
Maqbara Eski Termiz harobalari karshisida, Amudaryo O’rtasida joylashgan Paygambarorolda qurilgan.
Majmua gumbazli katta masjid binosidan ibo¬rat. Janub tomondan unga katta saganali gurhona tutashgan, gurhonaga esa g’arb tomondan uncha katta bulmagan (3x3 metrli) ikkita hona - miyonsaroy va ziyorathona yondoshgan. Bu erda tarhi murabba (tomonlari 7 metrga yakin) bo’lgan ulkan peshtoq-gumbazli masjid hajmdor va baland hamda ancha ilgari qurilgan asosiy imorat bo’lgan. CHortok sak¬kiz qirrali poygumbaz ostidagi ravokli bagal hamda ikki kdtor g’ishtchalar chikib turgan charhi gumbazni kutarib turgan.
SHimoliy va g’arbiy tarz devorlariga uchta ra¬vok ishlangan. Bu Surhondaryoda devorni tashqaridan bezashda suyukli usul edi (Sulton Saodat, Hoja Iso, Uyikgumbaz maqbaralari).
Bosh sharqiy yo’l tirsakli janubiy yo’l orqali gurhonaga olib kirgan. Gurhona dastavval, afti-dan, hazira bo’lganga uhshaydi. Keyinchalik janu¬biy yo’l berkitib tashlangan, natijada masjid gurhonadan ajralib krlgan.
Gurhonaga janub to¬mondan ziyorathona va dahliz orqali kirilgan. Ziyorathona va dahliz ichini bezashda uhshash bezakli-konstruktiv usuldan foydalanilgan, ya`ni bagal-lar torayib boruvchi, baga l bushligidagi zinasi-mon uyikli ikki ravok tarzida ishlangan.
Masjid bezagida g’isht chorgul va archa kilib terilgan.
Bu erda XV -XVI asrlarda hamda XIX asr bo-shida biroz ta`mirlash ishlari olib borilgan. Masjid ichida devor yuzasi ikki katlam ganchsuvoq Kilingan, mehrobga yuza naqsh uyilgan, namoyonga esa murakkab bulmagan girih naqsh tushirilgan.

 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz