Vaaholining ko’payishi, boshqa tomondan esa, mintaqada umuman aholining, ko’proq ko’chmanchilarning soni ortib borishi bilan bog’liq edi.
Ko’plab topilgan tangalar tovar-pul munosa-batlari rivojlanganidan dalolat beradi.Yuechjilar davrida shahar madaniy hayotida ham muayyan

o’zgarishlar yuz berdi. Bu shahar muhitiga ko’chmanchilarning madaniy an`alalari singishining natijasi edi. Oqibatda bu yerda mahalliy - baqtr, ellincha va ko’chmanchilar madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini singdirgan o’ziga hos badiiy madaniyat yuzaga keldi.
 Milodiy I asr boshida buyuk Kushon imnyeriyasi vujudga keldi. U yuksak taraqqiy etgan chog’ida hozirgi O’zbekiston va Tojikiston, Afroniston, Pokiston va shimoliy Hindiston yerlarini birlashtirdi.shu davrda shahar g’oyat ravnaq, topdi, maydoni 350 gektardan oshdi. Birok, Kushonlar davridagi Baqtriyaning ayrim shaharlaridan farqlili ravishda unda shahar ichki qurilishi tarqoqroq holda olib borildi. Ichki shahar hududida, Dunyotepa o’rnida hamda o’rta asrlar shahristonining ayrim uchastqalarida imorat zich qurilganligi qayt etilgan. shaharning boshqa joylaridauylar bog’-rog’lar hamdaekinzorlar orasida alohida qo’rg’on-chorbor tarzida joylashgan. Ichki shahar jadal obod bo’la borgan. Bu yerda kushonlar davri madaniy qatlami kdlinligi besh metrgacha boradi. shaharda ulkan qurilish ishlari olib borilgan,maydoni 10 gektar bo’lgan ichki shahar atrofi, shu jumladan daryo tomondan ham, mustahkam mudofaa devori bilan urab olingan. Bandargoh ham shu yerda bo’lib, u daryo buyida ko’tarilgan devor bilan muhofaza kilinardi. Janubi-sharqiy qismda shaharni bandargoh bilan bog’lovchi mahsus nishab yo’l bo’lib, u sharq va g’arb tomondan yarimdumalok burjlar bilan mustahkamlangan mudofaa devori bilan ifoda Qilingan edi. shaharga olib kiradigan asosiy yo’l janubi-g’arbiy burchakda joylashgandi.
Bu davrda shaharda kunlab mahobatli imoratlar qurilgan.
Iqtisodiyot barkaror o’sgani uchun Tarmita-Termiz ham ravnaq topdi. Bunda hunarmandchilik ish¬lab chiqarishi etakchi urin to’tdi. shaharda hunarning yangi turlari paydo bo’ldi, ishlab chiqarish tehnologiyasi takomillashdi, chiqariladigan mahsulot hajmi ko’paydi. Kulolchilik asosiy o’rinni egalladi, u kech kushonlar davridagi eng yuqori darajaga ko’tarildi. shu davrda sopol idishlar turi ko’paydi, ularning sifati ortib, o’zi rang-barang bo’la bordi. Kulol ustalar kech kushonlar davrida o’z mahsulotlarini turli-tuman naqshlar, asosan hayvonlar tasviridan iborat yozishmalar bilan bezaganlar, ularga jilo berganlar.
Tarmita-Termiz Kulolchilik ishlab chiqarishi-dagi sifat jihatdan bu kabi yuksalish ishlab chi-karish tehnologiyasi yaxshilanganligi hamda mehnat yaxshi tashqil etilganligi bilan bog’liq edi. shaharda mahsus Kulollar mahallasi yuzaga kelga-ni hdm bunga imkon yaratdi. Kushonlar davrida chilangar hunarmandlar yerishgan yo’tuklar ham bun-dan kam emasdi. shaharning shimoli-sharqida tur-li metall buyumlar ishlab chiqarishga ihtisoslash-gan markaz yuzaga keldi. Bu yerda ishlovchi ustalar-ning ayrimlari temir buyum yasasa, boshkdlari jez buyum yasardi. Tukuvchilik, toshtaroshlik ham ja-dal sur`atlar bilan rivojlandi. Hunarmandchi-likning bu turi mahsulotlari kushonlar davrida shahar memorligida keng qo’llanilgan. Bo’lar haj-man hilma-hil noyustunlar, kallaklar, nimustun-lar, sharafalar, konlama koshinlar va hokazolar bo’lib, ular shahardan 30 kilometr masofa nari-dan, Hojagulsor degan joydan kazib olingan organik
ohaktoshdan tayyorlangan. shahar toshtaroshla-ri bu toshning nlastik hususiyatlarini yaxshi bi-lishardi. Turli tasvirlar, jumladan, hayoliy hay-vonlar, arslonlar, fillar hamda akant, nal'me-ta, tunbarggul naqshlar bilan nafis bezatilgan ustun kallaklari hayda sharafalar kishini hay-ratga solardi. Ellin hamda budda
madaniyatining eng yaxshi yo’tuklari ayni tosh memorligi detalla-rida muhrlangan bo’lib, ular ijodiy qayta ish-langan, boyitilgan hamda baktr aholining este¬tik didi va talabiga moslashtirilgan. Yuqorida tilga olingan hunarlardan tashkari bu yerda zargarlik va suyak o’ymakorligi ham rivojlangan.                -->>
 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz