Juda muhim mollar tashilgan bu yo’lning mavjudligi to’grisida Rim tarixchisi Nliniy Varronga (m.a. 127 - 116 yillar) asoslangan holda yozgandi. Strabon va boshqa qadimgi olimlar ham bu haqda ha¬bar berishgan. Buyuk Ipak yo’li hozir TRASEK tarzida tiklanganidek, kelgusida mazkur yo’l ham tiklanadi, deb o’ylaymiz.

Endilikda anglayotganidek, Orod II davrida (m.a. 51 - 36 yillar) Kampirtepani bosib olib, uni, balki Termizni ham, Narfiya davlatining sharqdagi, Oks vodiysidagi tayanchiga aylantirgan narfiya podsholari ushbu yo’lning ahamiyati va uni nazorat kilishdan ko’riladigan manfaatni yaxshi tushungan edilar.
Kushonlarning ikkinchi podshosi Vima Tok (To) (Sotyer Megas, aftidan, milodiy I asr o’rtasi - ikkinchi yarmi bo’lsa kerak) hukmronligi davridan boshlab yuechji-toharlar Termizni qayta o’z ta-sarruflariga oldilar. Buyuk
Kushon podshosi Kanishka davrida (milodiy II asrning birinchi yarmi) Termiz zimmasiga mafko’raviy vazifa ham yuklanib, u bir necha yo’z yillar davomida O’rta Osiyoda buddizmning asosiy markazi bo’lib qoldi.Bu yerdan Temir darvoza orqali shimolga, Sugdiyonaga, Oks vodiysi orqali shimolig’arbga, Mar-g’iyonaga hamda Nomir va Oloy tog’lari orqali shimoli-sharqqa, sharqiy Turkistonga borgan davatchilar Budda ta`limotini mazkur viloyatlarga, shuningdek, Hitoy va Tibetga edilar.
Hitoyda buddizmni targ’ib qilgan, buddaviy asarlarni sanskrit tilidan Hitoy tiliga tarjima qilgan, hitoy shaharlarida budda monastirlarini ko’rgan hamda bu yerda mahalliy aholi jumlasidan shogird tayyorlagan toharistonliklarning nomlari tarixiy manbalar orqali bizgacha etib kelgan.
Baqtriya-Toharistonlik unasaka CHji Kzyan (milodiy III asrning birinchi yarmi) shunday buyuk buddaviy rohiblardan bo’lgandi. U Hitoy poy¬tahti Loyan ham Nankin shaharlarida da`vatchilik ishlarini olib borgan. Hitoy yozma manbalarida u haqda: "Jismonan zaif bo’lsa-da, bilimdon edi", - deb habar beriladi. 222 yildan 253 yilgacha bo’lgan davrda u qirq to’qqizta buddaviy asarni Hitoy tiliga g’oyat nafis adabiy shaklda tarjima qildi.
Yana bir buyuk buddaviy rohib toharistonlik Dharmarahsha Hitoy poytahtiga yaqin joy -Chananda milodiy 284 yildan 313 yilgacha yo’zdan ziyod buddaviy asarni hitoy tiliga tarjima qildi, bir necha ming rohib ta`lim olgan monastirga asos soldi.
Dharcharahsha benazir kuvvaihofizagacha ega bo’lib, 36 tilni bilardi. Hitoy manbalarida Dharmarahsha "Nirvananing aynishi intngosi g`oyasini" tushunibyetganligi uning alohida yuksak fazilatlaridan biri sifatida ajratib ko’rsatiladi.
Termizda tug’ilib o’sgan buddaviy rohib Dharmamitra Tibetda buddizmning qaror topishida, buddaviy asarlarni hitoy tiliga tarjima qilish, sharhlashda ulkan rol o’ynadi.

 
Ushbu buddaviy rohiblar faoliyatiga batafsil to’xtalib o’tilayotgani bejiz emas. CHamasi o’sha davrlarda, milodning dastlabki asrlaridayoq, Termizda ulkan ijodiy va intellektual muhid yaratilgan va u bir necha yo’z yildan sush, musulmon olamida yuksak darajada ulug’lanadigan Muhammad ibn Ali Hakim at-Termiziy singari buyuk shahe parvozi uchun sharoit yaratib bergan bo’lsa kerak. U shunchaki musulmon ruhoniysi emas, balki benazir mo’takallim olim ham edi, Uning asarlari sufiylikning shakllanishiga katta ta`sir ko’rsatgan. Barcha olimlar ta`kidlashlaricha, sufiylik asosida buddizm qoidalari aniq ko’rinib turadi. Hakim at-Termiziy o’z salaflari -toharistonlik buddaviy rohiblarning sanskritda ham, arab tili va yozuvi keng joriy etilganiga qaramay, X - XI asrlarga qadar mavjud bo’lib kelgan baqtr tilida ham yozilgan asarlarini bilgan bo’lishi mumkin,Termiz o’zining muhim mafko’raviy funksiyasini keyinchalik ham, bo’tun o’rnga asrlar davomida saqlab qolgan. Horazmtoh, Muhammad arab halifasi an-Nosirnit mafko’raviy tazyiqidan halos bo’lishga qaror qilib, o’z halifasini nufo’zini buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur e`tirof etgan hamda yuksak kadrlagan Termiz sayyidlaridan saylab olgani bejiz emas.Termiz sayyidlarining tanngli vakillaridan biri Abu Maoliy kun yillar davomida shahrisabzda Amir Temo’rning otamyeros mulkida islom diniga hizmat qilgan va kazosi etgach, Gumbazi Sayyidonga, Amir Temur otasiiing va ularning piri murshidi shayh shamsuddin Kulolning kabrlari yoniga dafn etilish sharafiga muyassar bo’lgan.Termiz mustaqillik yillarida, avval o’tgan mapuxuu davrlar larzalari vabeqarorliklariga qaramay, an`anaviy ahhamiyati hamda o’ziga hos funksiyasini saqlab qolgan holda, taraqqiyotning yangi sifat boskichigao’tib, yangi vazifalar kasb qildi, U rivojlanayotgan sanoat va qishloq, ho’jalik ishlab chiqarishi markaziga, ta`lim ey madaniyat markaziga aylandi, O’zbekistonning janubiy sarhadlarida uning himoyachisi va muhofizi bo’lib qoldi. Uning ahamiyatigina emas, balki shonli kelajagi ham ayni shu tarix, an`anasi va zamonamiz yangi hodisalarining bunday kirivushib ketishiga bog’lik bo’lishi shubhasiz.
 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz