shahar ko’rg’onida istehkom qurgan Termiz garnizoni ayniqsa jon-jahdi bilan qarshilik ko’rsatdi. Bu hol Chingizhonning g’azabini qo’zg’adi va shahar olingach, uni talash, yyer bilan yakson kilish, o’t qo’yib qo’lini ko’kka sovurish tug’risida

jangchilariga buyruq berdi. Bir vaqtlar gullab-yashnagan bu shaharning bizgacha katta-kichik tepaliklar tarzida etib kelgan vayronalari g’isht, sopol parchalari, tangalar, turli bezak buyumlari, shisha buyumlar parchalari va moddiy madaniyatning bogaka buyumlari bilan to’lib-toshib yotibdiki, ularTermizliklarning moddiy va badiiy madaniyati darajasi uning bo’tun tarixi davomida yuqori bo’lganini ko’rsatadi. Bu bosqinchilikdan so’ng shahar XIII
asrning ikkinchi yarmida Surhondaryo vodiysida Eski Termizdan shimoli-sharqda tiklandi.
Keyinchalik Qadimgi Termiz yuzaga kelgan joyning hayvonot dunyosi boy edi: daryo to’la baliq to’qayda turli hayvon va parrandalarni uchratish mumkin edi. Dehqonchilik uchun yaroqli unumdor yyer ham shundoqqina yonginasida edi. Aftidan, shu omillar neolit davridayoq ushbu hududga odamlar kelib o’rnashishiga ko’maklashganga o’hshaydi. Eski Termizning ko’p joylarida usha davrga oid tosh qurollarning topilishi shuni ko’rsatadi.
M.a. I ming yillik o’rtalarida shimoliy Baqtriyada Ko’hitangtog’ va Boysuntog’ tor oldi minta-qasidan aholining bir qismi syersuv daryolar vodiysiga ko’cha boshladi. Bu hol o’sha yyerlarda aholi sonining ortib, moddiy zahiralari kamayib ketishi tufayli ro’y bergandi. shu bois Surhondaryo va Amudaryo vodiylarida ko’chib kelganlar tomonidan barpo etilgan bir qancha aholi punktlari yuzaga keldi. Ularning biri Termiz shahar temir yo’l vogzali mintakdsida vujudga kelgan bo’lib, u yerda m.a. V -IV asrlar qatlami ochildi.
Eski Termizni stratigrafik o’rganish natijasida bu yerda dastlabki aholi punkti daryo sohili bo’ylab yastanib yotgan tabiiy qumlok, tepalikda vu¬judga kelgani ma`lum bo’ldi, bu yerda sopolning eng dastlabki majmualari topildi. Topilmalarga Qaraganda, uning aholisi dehqonchilik, balikchilik va ovchilik bilan shug’ullangan.
Manzilgoh yuzaga kelgach, kechuv ishga tushdi, natijada buyuk daryoning ikki sohili aholisi o’rta-sida iqtisodiy va madaniy aloqa yo’lga ko’yildi. Janubiy va shimoliy Baqtriyaning aholi punktlarini bog’lovchi yo’l ham shu yerdan ochildi. Ayni mahalda manzilgoh mintaqalararo aloqa jarayoniga tortildi. Manzilgoh daryo orqali kechuv yonidagi muhimpunkt sifatidagi roli ortib bordi va bu omil uning tarisxda belgilovchi ahamiyat kasb etdi.
Bu manzilgoh ushandayoq, Tarmita deb atalgan bo’lishi mumkin. Bu nom, V.Tomashekning fikri-cha, "daryoning narigi sohillaridagi maizil" ma`nosini
anglatuvchi qadimgi avestocha "Taramaetha" so’zidan kelib chiqqan.Bu manzilgoh hususiyatini, afsuski, aniklab bo’lmaydi, chunki unda usha davrga oid bironbir mudofaa inshooti hali topilgani yo’q.    -->>








 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz