M.a. 329 yil bahorida Makedoniyalik Aleksandr Baqtriya hududida paydo bo’ldi. Aorn va Baqtra shaharlarini bosib olib, Baqtriya satrani Bessni ta`qib qilib, u Oks sohillariga chiqdi. Daryodan kechib o’tgan Aleksandr

o’rta Osiyo yyerlarini istilo eta boshladi, shu yerda u zo’r karshilikka duch keldi. M.a. 327 yil bahoriga kelibgina Alek¬sandr Surddagi qarshilik ko’rsatayotgan sunggi kuchlarni hamda ton qalalari aholisini bostirib, o’z qo’shini bilan hozirgi Surhondaryo viloyatiga mo’tobiq bo’lgan Narstak (Nareyteken) mamlakatiga kirib keldi. NGundan so’ng Oks daryosini kechib o’tib, mashhur

Hind yurishini boshladi."Metk enitomasi"dan olingan nassajga ko’ra, buyuk sarkarda qala yonidan Oks orqali kechib o’tgan. I.V.N'ankov bu qala Eski Termiz o’rnida bo’lgan, deydi (6). Biroq E.V.Rtveladze fikricha, u m.a. V asr -IV asr boshlariga oid qudratli qala topilgan NGurtena o’rnida bo’lgan (7). shundan boshlabTarmita-Termiz tarixi kadimgi sharqning yellinlashgan davlatlari tarixi bilan chambarchas bog’lanib ketdi. Antik manbalarda Baqtriya va Surdda o’nlab yangi shaharlar barpo etilgani, ularning kupchiligi o’ziga asos solgan shahs nomi bilan atalishi to’g’risida habar bor.
Jumladan, Diodor va Ntolemey ma`lumotiga ko’ra, shunday shaharlardan biri Makedoniyalik Aleksandr tomonidan Oks-Amudaryo buyida barpo etilgan, shuning uchun Oks Iskandariyasi nomini olgan. Bir Qator tadqiqotchilar bu shaharni Tarmita-Termiz o’rnida bo’lgan, deyishadi. Ma`lumki, Aleksandr asos solgan deyarli barcha shaharlar strategik jihatdan muhim uchastqalarda joylashgan hamda, buyuk sarkarda niyatiga ko’ra, ular o’zi yaratgan impyeriya tayanchi bo’lmlari lozim edi. shu jihatdan Tarmita-Termiz joylashgan joy Aleksandr niyatiga to’la mos keladi. Biroq Aleksandr asos solgan shaharlar doim ham to’la ma`nodagi shahar budmagan. Odatda, ular qala sifatida qurilgan va keyin-halik shaharga aylangan. Aftidan, Oks o’zra qurilgan Iskandariya ham shu singari manzilgohlar sirasiga kirgan. shahar dastavval ilgarigi manzil¬goh o’rniga ko’rilgan qala bo’lgan. Lekin shu yerda mavjud bo’lgan aholi punkti sarkarda sharafiga uning nomi bilan atala boshlagan bo’lishi ham mumkinligini nazardan qochirmaslik kerak.
M.a. 323 yilda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. Natijada, ulkan imnyeriyaning bo’tun hududidagi kabi, O’rta Osiyoda ham siyosiy vaziyat keskin yomonlashdi.
Bu, bir tomondan, diadohlar-ning hokimiyat uchun ko’rashi hamda joylardagi Yunonmakedoniyaliklarningvatanga qaytish maqsa-didagi ralayonlari bilan bog’liq edi. Boshqa tomondan esa, ko’chmanchilarning dehqonchilik vohalariga bosqinchiliklari bilan bog’lik edi. Ular davlat ichida yuzaga kelgan beqarorlik sharoitidanfoydalanib, harbiy yurishlarni boshlab yuborishdi. Natijada o’rta Osiyoning kunlab shaharlari hamda aholi punktlari vayron etildi. V.Tarn fikriga ko’ra, Termizning ham taqdiri shu kabi kechdi: u m.a. 293 yillar atrofida ko’chmanchilar tomonidan vayron etildi. Ravennalik noma`lum geografning milodiy VII asrga oid haritasida hamda mashhur "Nevtingor jadvallari"da uning nomi AntiohiyaTarmita shaklida eslatib o’tilganligining o’ziyoq shu fikrni tasdiqlaydi. Ma`lumki, bu harita antik davr ma`lumotlari asosida to’zilgan va unda shahar nomi eslatib o’tilishi Salavkiylar davrida Tarmita ancha yirik punkt bo’lganligini ko’rsatadi. Yodgorlikning o’zidan olingan ma`lumotlar misolida ham shahar nomi yuqorida bayon etilgan shaklda berilishi qo’shimcha tasdiqlanadi. V.Hening fikricha, Kampiratepadan topilgan o’rta fors bitigidagi bir so’z shahar - Antiohiya -Tarmita nomining biriichi qismidir. M.a. III asr o’rtalarida Salavkiylarning Baqtriyadagi satrani Diodot markaziy hokimiyatdan ajralib, o’zini podsho deb e`lon qildi, natijada Yunon-Baqtriya davlati yuzaga keldi.100 yildan oshiqroq hukm surgan bu davlat o’rta Osiyo halqlari tarixida chuqur iz qoldirdi. Bo’tun tarixi davomida Baqtriya bu davlatning o’zagi, Baqdra shahri esa uning poytahti bo’lib qoldi.     -->>

 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz