Bu davrda Baqtriya ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar yo’z berdi - aholining moddiy va ma`naviy madaniyati yangi darajaga ko’tarildi, bunga Baqtriyaning yellin olami shaharlari hamda Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari yanada jadallashtirilishi oqibatida yurishildi. shu davrda Baqtdriyada eski shaharlar yanada rivojlandi, yangilari barpo etildi. Bu Makedoniyalik Aleksandr tomonidan boshlangan hamda Salavkiy va Yunon-Baqtriya podshohlari tomonidan davom ettirilgan muayyan shaharsozlik siyosatining natijasi bo’lgandi.

NGuning uchun antik tarixiy an`anada Baqtriya "ming shahar mamlakati" deb ta`riflanishi bejiz emas. CHunonchi, Ntolemey uning hududida 18 shahar bor, deydi. Bu yerda kunlab mustahkam shaharlar mavjud bo’lgani hakida bu viloyatda m.a. 129-128 yillarda bo’lgan hitoylik sayyoh CHjan Kyan' ham guvohlik beradi.

Ulardan biri Tarmita-Termiz bo’lib, Yunon-Baqtriya davrida 10 gektardan ziyod maydondan ibo-rat bo’lgan kuryoshning bo’tun hududini hamda shaharning g’arbga va janubi-g’arbga tomon yo’nalgan ayrim uchastqalarini egallagandi.Tadqiqot ko’rsatishicha, qadimgi shahar dastavval Yunon-Baqdriya davrida juda jadal obod qilingan qo’rg’onning sharqiy yarmini egallagan.Madaniy qatlamini umumiy qalinligi 2,5 metr bo’lgan qurilish ufqi aniklangani shuni ko’rsatmoqda. Bu yerdatosh va kvadrat hom g’ishtdai ko’tarilgan imoratlar bo’lgan.
M.a. II asr boshlariga kelib shahar g’arb tomonga qarab kengaya boshladi va shu asr o’rtala¬rida uning hududi sohil bo’ylab yastanib yotgan senaliknibo’tun lay egallab, ikki baravar kattalashdi. Bu, bir tomondan, shaharning mudofaa vazifasini, boshqa tomondan esa, uning strategik ahamiyatini kuchaytirish imkonini berdi. Yunon-Badqtriya davrida Tarmita-Termizning Oks-Amudaryo kechuvining eng muhim o’rinlaridan biri sifatidagi ahamiyati ancha ortdi.
shahar Yunon-Baqt-riya davlatining shimoliy sarhadlaridagi asosiy istehkomiga aylandi.
Ayni mahalda Tarmita-Termiz shimoliy Baqtriyaning yirik madaniiy va iqtisodiy markazi bo’lgandi.
Bu davrda shaharda hunarmandchilikning turli sohalari va savdo, ayniqsa, Kulolchilik ishlab chiqarish rivojlandi. Tarmita-Termizning sopol buyumlari tuni kun bo’lib, tayyorlash tehnikasi yuksak darajada edi. Bu davrdagi sopol buyumlarning ko’pchiligi Kulollar charhida tayyorlangan och rangdagi hamda qizil-jigarrang angob bi¬lan koplangandi. shaharda tayyorlangan idishlarning ko’pining shakli mahalliy baqtr negiziga ega edi. Ayni mahalda bu yerda yellinlar ta`sirida paydo bo’lgan shakldagi sopol bugomlar ham uchrab turardi. Bu esa Baqtriya yellinlar olami bilan chambarchas aloqada bo’lganini ko’rsatadi.
shaharda, shuningdek, tikuvchilik va toshga ishlov berish ham rivojlangandi. Tosh va sopol urchuqlar, tosh memorlik detallarining topilishi bundan darak beradi. shahar iqtisodiyotida dehqonchilik va bog’dorchilikning ham ahamiyati kam bo’lmagan. Yunon-Baqtriya davrida dalalar va bog’lar o’rta asrlar shahristoni va rabodi o’rnida bo’lgani ehtimol. Dalalar Oks - Amudaryo suvi bilan sug’orilgan, lekin Surhondaryo suvidan ham sug’orish uchun foydalanilgan bo’lishi mumkin. shu vaqtning o’zida bu yerda tovarpul munosabatlari jadal rivojlandi. Diodot, Evtidem, Demetriy, Evkratid, Gelioklning turli kiymatga ega o’ttizga yaqin kumush va jez tangalari shundan dalolat beradi.shaharning iqtisodiy hayotida tashqi savdo mu¬ayyan rol o’ynagan. Tarmita-Termiz Baqtriya va Hindiston shaharlari bilan chambarchas savdo va madaniy aloqada bo’lgan.Ushbu hududning bari Yunon-Baqtriya podsholarining (yagona) davlati tarkibiga kirgani ham bu munosabatlarning muvaf-faqiyatli rivojlanishiga ko’maklashgan.
-->>
 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz