Tarmita-Termizda topilgan fil suyagi va shishadan yasalgan buyumlar buning yorqin dalilidir. Ular orasida ellincha san`at an`analari asosida fil suyagidan tayyorlangan yalang’och unumdorlik ma`budasining haykalchasi alohida qiziqish uyg’otadi.Yunon-Rim olami bilan aloqalar tug’risida topilgan shisha idishchalar dalolat beradi.
Yunon-Baqtriya davrida Oks - Amudaryodagi kechuvlar orasida ustunlik asta-sekin Tarmita-Termizga o’ta borgan. O’rta Osiyoning qo’shni mamlakatlariga hamda

Dashti Qipchoqqa va qayta ortita yo’l olgan savdo karvonlari darsni shu yerdan kechib o’tgan, deb tahmin kilish mumkin. Ehtimol, shu davrning o’zida qo’shni mamlakatlar bilan savdo ishlarining bir qismi suv yo’li orqali amalga oshirilgandir. Aftidan, shaharda mahsus bandargoh shu maqsadda barpo etilgan va undan savdo kemalari yuqoriga hamda oqim bo’yla kuyiga, kadimgi Horazm mulkiga qadar borgan bo’lsa kerak.
 M.a.II acp o’rtalarida Yunon-Baqtriya davlati siyosiy tanazzul yoqasiga kelib qoldi. Siyosiy beqa rorlik mamlakatda iqtisodiy hayotning og’irlashuviga olib keldi. Vujudga kelgan sharoit shu davldatning shimoliy sarhadlarida turgan ko’chmanchilaryuechjilarga juda qo’l keldi. Ular Baqtriyaga bostirib kirib, tez orada uni egallab oldilar. Bu Oks, aftidan, m.a. 140-130 yillar orasida sodir bo’lgan. Har holda Baqtriyaga m.a. 128 yilda kelgan hitoy elchisi CHjan' Kan' uni yuech-jilar tomonidan bo’ysundirilgan holda ko’rgan.Hitoy ma`lumotlariga ko’ra, yuechjilar Baqtriyani istilo etgach, Guy-shuy daryosi (Amudaryo)ning shimoliy tomonini karorgoh qilib olganlar.
Tarmita-Termizning shundan keyingi tarixi yuechji-kushonlar bilan bog’liq. Dastavval shahar va uning atrofi yuechji knyazliklaridan birining tasarrufida bo’lgan va balki, uning ma`muriy markazi ham bo’lgandir. Bu jihatdan tanga topilmalar katta qiziqish uyg’otadi. Ular yuech¬jilar davrida ushbu barcha hudud yagona mulk bo’lganligini, ularning hukmdorlari Gelioklning tetradrahmalari namunasida tanga zarb etganliklarini ko’rsatadi.
YUechjilar davrida shahar sobiq shahar devoridan oshib o’tib, shimoliy yo’nalishda, Dunstena-ga hamda o’rta asrlar shahristoni band etgan hududga tomon kengaya bordi. Chingiztepa o’rnidagi istehkom tizimining barpo etilishi davri ham, ehtimol, shu bilan belgilanar. Kurroidan shimol to¬mon dagi hududlarning o’zlashtirilishi ham yuech¬jilar davriga to’g’ri keladi. shaharning bu tariqa jadal ravnaq topishi, tabiiyki, uning aholisi keskin ko’payishi bilan bog’liq edi. Bu hodisa kelgindi aholi, hususan yuechjilar hisobiga ro’y bergan bo’lishi mumkin. YUechjilar orasida o’troqlashish hamda shahar aholisi muhitiga singish va yangi aholi punktlarini o’zlashtirish jarasni boshlangan edi. Bu davrda shahar atrofida sug’oriladigan yer unumdorligini oshirish va uni suv bi¬lan ta`minlashga qaratilgan katta agromeliora¬kiya ishi olib borildi, buning uchun Surhondaryo suvini shaharga olib keluvchi magistral kanal barpo etila boshlandi. Bu kanalning bosh inshooti uni muhofaza etish uchun qurilgan qalasidan iborat bo’lgan Talitoyuratena mintaqasiga to’g’ri kelardi. Ayni mahalda kanal bo’yla bir nechta yangi qishloqlar vujudga keldi, Termiz ayroporti yaqinida joylashgan Mirzaqultepa shulardan biri edi. Kanal qurilishi hamda surorma yerlarning kengaytirilishi natijasida Tarmitaning kushonlar davrida yanada ravnaq topishiga imkon yaratildi. Ushbu kanal Tarmita-Termizning shundan keyingi tarixida muhim rol' o’ynadi. shaharni rivojlaitirish hamda uning tonografiyasi ushbu kanal yo’nalishiga bog’liq, holda olib borildi. YUechjilar davrida shahar iqtisodiyotida hunarmandchilik ishlab chiqarishining roli birmuncha ortdi. Bu kasb-hunarmandchilik mahsulotiga talabning oshishi bilan bog’liq holda yo’z bergandi. Bu esa, o’z navbatida, bir tomonidan, shaharning ravnaq topishi
va aholining ko’payishi, boshqa tomondan esa, mintaqada umuman aholining, ko’proq ko’chmanchilarning soni ortib borishi bilan bog’liq edi.
Ko’plab topilgan tangalar tovar-pul munosa-batlari rivojlanganidan dalolat beradi.Yuechjilar davrida shahar madaniy hayotida ham muayyan

o’zgarishlar yuz berdi. Bu shahar muhitiga ko’chmanchilarning madaniy an`alalari singishining natijasi edi. Oqibatda bu yerda mahalliy - baqtr, ellincha va ko’chmanchilar madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini singdirgan o’ziga hos badiiy madaniyat yuzaga keldi. -->>
 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz