shunday shakarlar orasida Termiz ham bo’lib, tarix unga boshqa barcha shaxarlardanda ko’proq marhamat ko’rgazdi va hozir ham o’z marhamatini darig’ to’tmayapti. Hayot yo’li murakkab bo’lganiga qaramay, Termiz hoki turob bo’lib, yana qad tiklagan, joydan joyga ko’chgan. Mustaqillik sharoitida esa ravnaq tonayotgan zamonaviy shaharga O’zbekistan Respublikasining bosh istehkomiga, janubiy darvozasiga aylanmoqda.
Bungacha esa shahar ming yillardan iborat tarixiy davrni bosib o’tdi. Uning ilk bunyodkorlari baqtrlar donishmand odamlar bo’lib, to’qayzordan iborat, odam kam yashaydigan joyda shaxar poydevorini qo’yganlar. Lekin dastavval hozirgi Termiz o’rnida m. a. V - IV asrlarga
oid mustahkamlanmagan kichikrok manzilgoh, yuzaga kelganki, uni qadimshunoslar temir yo’l atrofidan qazib topdilar. U vaqtlarda Baqtriyadan shimolga asosiy yo’l Termizdan 20 kilometr g’arbroqdan, sho’rob qishlog’i yaqinidan o’tgan, bu yerda Oks orqali asosiy kechuv bunyod etilgan, uni qo’riqlash uchun esa mustahkam sho’rtepa qalasi qurilgan. shu bois bu manzilgoh, Baqtriya manzilgolari tizimida alohida rol o’ynamagandi. Makedoniyalik Alek¬sandr Sug’diyona va uning poytahti Marokandga qilgan mashhur yurishlarida ayni shu yo’ldan o’tgan. shu yerda Kampirtepa o’rnida u tarixchilarning bir necha avlodi izlagan Oks Iskandariyasiga asos solgan.
Lekin hozir Kampirtenada miloddan avvalgi IV -III asrlarga oid mustahkam mudofaa devorlari va darvozalari tizimi aniqangani bois, bu bahslarga nuqta q’yilishi mumkin.
Qinroq Yunon-Baqtriya podshosi Demetriy hukmronligi davridan boshlabgina (m.a. 200-185 yillar) Eski Termiz va ayniqsa, uning qalasi o’rnidagi manzilgoh; chinakam ravnaq topa boshldi. Demetriy shimoli g’arbiy Hindistonni (Gand-hara) bosib olgani, shuningdek, aftidan, Sug`diyonani ham egallagani unga ko’proq ko’maklashganga o’hshaydi, bu viloyatga olib boradigan eng qulay yo’l esa Termiz orqali o’tardi. Natijada De¬metriy o’z podsholigi tasarrufidagi ikki chekka viloyat - Gandhara va Sug’diyonani birlashtirdi, Termiz va uning yaqinida joylashgan, Oks orqali juda qulay kechuv esa ular orasida juda muhim oralig' punkt edi. Keyingi Yunon-baqtr podsholari Agafokl, Evkratid, Geliokllar Sug`diyonani qo’ldan chiqarib, Baqriya va Gandkarani esa saqab qlgan holda, aftidan, Termizga katta e`tibor berishgan ko’rinadi, chunki charhi kajraftorga karamay, Hindiston bilan o’rta Osiyoni birlashtiradigan asosiy yo’l o’sha-o’sha Termiz orqali o’tardi.

shu tariqa, Termiz mavjud bo’lgan dastlabki davrlardayoq uning ahamiyati oshishiga hamda rav-naq topishiga olib kelgan asosiy vazifalari Oks orqali juda muhim kechuvni qo’riqlash hamda bu yerdan o’tib boruvchi kunlab karvonlar hizmatiniqilish aniq, bo’lib qoldi. Termizning bironbir davlatning shimoliy yoki janubiy sarhadlarini qo’riqlaydigan va himoya kiladigan harbiymudofaa
vazifasi o’shandayoq va, ayniqsa, keyinchalik, o’rta asrlarda yaqqol ma`lum bo’ldi.Termiz o’zining bu vazifasini hozirga qadar saqlab qolmoqda ayni shu shahar O’zbekiston Respublikasining janubiy sarxadlardagi bog’i istehkomidir.Buyuk Kushonlar impyeriyasini barpo etgan, harbiy qudratiga ko’ra Hitoy, Rim va Narfiyagateng bo’lgan yuechji-toharlar Termizning ahamiyatini yaxshi anglagan edilar.Termiz ham, qo’shni Kampirtepa singari, shimolga olib boruvchi yo’llardan tashqari Hindistondan Oks -- Amudaryo bo’ylab Marg’iyona va Narfiyaga, so’ng Kaspiy dengizi orqali Rionning qo’yilish joygacha (u yerda hozir Gro’ziyaning Noti shahri joylashgan) hamda Qora dengiz bo’ylab Rim mulklarigacha boradigan savdo yo’lini nazorat qilardi.                         -->>



 

Tarixsiz hayot - hayotsiz tarix bo'lmaydi.

Сайт создан в системе uCoz